HEKAYELER.RU |
book
Ichkilikning Oqibati
Oldin o`qigan bo`sela uzr, lekin buni o`qib kimlardir ozgina bo`sayam o`ziga saboq oladi dib o`ylayman hurmat ila Madridist!
Ular uch kishi edi. Qishloqning kungay tarafidagi qirda odatdagidek ichib o`tirishardi. Bir payt ulardan biri o`zlari tomon kelayotgan bir qizni ko`rib, sheriklariga luqma tashladi:"Jа-а, ketvorganmikan?"Sheriklari ichkilikdan qizargan ko`zlarini kelayotgan qizga tikishdi. Darhaqiqat ular tomonga kelayotgan qizning qaddi-qomati kelishgan, sochlari uzunligini botayotgan quyosh halal berayotgan bo`lsada bemalol aniqlab olish mumkin edi."Oyoqlariga qara, bir kechasi uchun butun umringni sadaqa qilsang arziydi",- dedi u yana ko`zlarini suzib."Tur, birortang tashlansang-chi!"Uning gaplaridan sheriklarining ehtiroslari junbushga keldi. Qiz esa tobora ularga yaqinlashib kelmoqda edi."Оh... оh... Qani edi uni...."Erkakning gapi og`zida qoldi... U ortiq gapirolmasdi. Chunki ularning shundoqqina yaqiniga yetib kelgan qiz oh urayotgan"oshiq"qa qarab shunday dedi:"Dadajon, uyga mehmon keldi, sizni so`rashyapti..