HEKAYELER.RU |
book
Yigit qizni qattiq sevardi.
Yigit qizni qattiq sevardi. Hammasi risoladagidek: uchrashuv, sovchilar, keyin esa töy. Birga yashay boshlaganlarida esa ular turmush aslida juda murakkab ekanligini tushundilar. Ha, ular qachonlardir orzu qilgan tökis baxtga erishish uchun qanaqadir maishiy muammolar, ikir-chikir masalalaru behuda gap-sözlar halal berardi göyo. Bular bahslarga, bahslar tortishuvlarga, tortishuvlar esa janjallarga sabab bölardi. Qiz ham, yigit ham bir-birlarini chin dildan sevishardi hamon, lekin ularning özaro sevgisi ham bu kabi bahslarning oldini olishga ojiz qolardi ba'zida. Navbatdagi tortishuvlarning birida qiz yigitga e'tiroz bildirdi: "Qanaqa odamsiz özi? Töyimizga shuncha vaqt böldi, bir marta bölsin, sayrga chiqmadik birga. Uyda bölganizda ham doim janjallashamiz. Uyga men uchun bir dona gul kötarib kelmadingiz. Bugun ham yarim soat vaqtizni mendan aziz köryapsiz". "Sen doim özingni birinchi öringa qöyasan. Baribir meni tushunmaysan". Shunday deb eshikni jahl b-n yopib chiqib ketdi. U ketgach qiz yig'lab yubordi: "Töyimizga bir yil böldi, u unutibdi,-biroz ötgach tinchlandi va özicha qöshib qöydi,- baribir sizni yaxshi köraman". Bayramona taomlar tayyorlash u-n oshxonaga shoshildi. Yigit ham uydan chiqarkan dilxiralikdan xafa böldi. "Bugun töyimizga 1 yil böldi, bu esa ertalabdan..." U ishdan ertaroq chiqib sovg'a oldi. Gul dökoni oldidan ötayotib, ertalabki tanbeh yodiga tushdi va jilmayib qöydi. Eng chiroyli guldastani xarid qildi. Gulga mehr b-n tikilib u ham hayolidan ötkazdi: "Baribir seni sevaman!" Yigit shu hayolda köchadan ötarkan, röraradan katta tezlikda u tomon kelayotgan mashinani ilg'amay qoldi... Qöng'iroq ovozidan eshikni ochgan qiz militsionerlarni körib hayron qoldi. Ular bölganlarni qizga ehtiyotkorona yetkazishdi. Har ehtimolga qarshi shaxsini tasdiqlash u-n unga fotosurat berishdi. Qiz tinmay yig'lardi. Ha, suratda uning eri. Yerda... jonsiz holda... Uning köz yoshlari fotosuratda yigit mahkam quchoqlab olgan guldasta,qizni ko`z yoshlari suratga tomchilardi....