Seni Hohlayman. . . 06 Oxirgi kunlarda dars ham yoqmay ketyapti. To'g'rida, ertalabdan-kechgacha hayolim Dilnozada bo'lsa, darsdagi ma'ruzalar, guruxdagi ochiq kiyingan, ketvorgan qizlar miyamga sig'masa boshqa nimani kutish mumkin? Yo'q, bunga ortiq chidolmayman! Ikkinchi para tugashi bilan sumkamni yelkaga ildimu, yo'lga tushdim. Odatdagidek avtobusda ketishga sabrim chidamay, taksi ushladimu, uyga qaytdim. Eshikni kelinoyim ochdi. Dilnoza uyda emas ekan, hali maktabdan qaytmabdi. Kelinoyimni